«obod mahalla» tegli maqolalar


“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish bo‘yicha nizom tanqidlarga uchradi
19 iyun 2023, 10:13

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish bo‘yicha nizom tanqidlarga uchradi

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tanqidlarga uchradi. Nizomga ko‘ra, dasturlar bo‘yicha faqat mahalla raisi loyihalar to‘plamini kiritish huquqiga ega, fuqarolar esa bunday qilolmaydi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ham tashabbusli budjetlashtiriladi
5 may 2023, 10:12

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ham tashabbusli budjetlashtiriladi

Endilikda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023-yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda har bir mahallada 8 mlrd so‘mdan oshmagan loyihalar paketi shakllantiriladi.

2022-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 2,7 trln so‘m mablag‘ ajratiladi
26 oktabr 2022, 12:02

2022-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 2,7 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Prezidentning 2022−2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, joriy yilda jami 5284 ta mahalla uchun 2 trln 700 mlrd so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmagan mablag‘lar keyingi yildagi qurilish-ta'mirlash ishlari uchun yo‘naltiriladi.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi
12 oktabr 2022, 11:16

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortig‘i ogohlantirildi. FVV, Madaniyat vazirligi va qator viloyat hokimliklarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlariga jazo choralari qo‘llanildi.

«Odamlarning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak». Deputat — mahallalarni obodonlashtirish haqida
9 avgust 2021, 19:25

«Odamlarning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak». Deputat — mahallalarni obodonlashtirish haqida

Deputat Nodir Abduvaliyev Toshkent aholisi mahallalarni obodonlatirish borasida bekorda shikoyat qilmayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, ayrim holatlarda qurilish ishlaridan keyin «mahallalar bor fayzu tarovatidan mahrum bo‘lmoqda».

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»
27 iyun 2021, 13:02

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»

Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimidan mahallalarni obodonlashtirish ishlarining sustkashligi sabablarini so‘radi. «To‘g‘risini aytsam, biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz», dedi Jaxongir Ortiqxo‘jayev va barcha masalalarni 1 oktyabrga qadar hal qilishga va’da berdi. Prezident shoshqaloqlikdan qochish va ish sifatiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosini nazorat qilish uchun elektron dastur yaratildi
25 may 2021, 09:30

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosini nazorat qilish uchun elektron dastur yaratildi

«Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa dasturlar doirasida qishloq va mahallalarda amalga oshiriladigan qariyb 21 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, dasturlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun esa maxsus telegram bot ishlab chiqildi.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 3 mlrd dollar ajratiladi — prezident
24 mart 2021, 20:06

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 3 mlrd dollar ajratiladi — prezident

Joriy yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari hamda ipoteka dasturlarini moliyalashtirishga 3 mlrd dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Prezident ushbu mablag‘lar tashqi qarz ko‘paymagan holda ajratilishini ma’lum qildi.

Mamlakatda eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallasi mavjud
24 mart 2021, 19:30

Mamlakatda eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallasi mavjud

Prezident respublikada eng og‘ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallalari mavjudligini aytdi. 4 mingdan ziyod mahallaning elektr ta’minoti qoniqarsiz ahvolda.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda
24 mart 2021, 12:36

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Jumladan, qariyb 3 ming km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 60 foiz mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting